Saratondan vafot etgan ayol dafn marosimi kuni tirildi
Olam
−
20:02 888 2 daqiqa
Xitoyda saraton va bosh miya trombozidan vafot etgan 70 yoshli ayol o‘limidan bir kuni keyin sovutkichli tobutda yotgan holda hushiga keldi. Bu haqda “The Paper” nashri xabar berdi.
“Oila a’zolari o‘limni qayd etgach, keksa ayol sovutkichli tobutga joylashtirilgan. Kutilmaganda, 9 sentyabr kuni kechqurun ayolning kelini tobut ichidan kelayotgan kuchsiz ingrashni eshitib qolgan”, deyiladi nashr xabarida.
Shundan so‘ng, ayol zudlik bilan tobutdan olingan. Joriy yil 11 sentyabrga kelib oilaning barcha yaqinlari xonadonga yig‘ilganida, pensioner ayol qisman hushiga qaytgan va ko‘zlarini ochgan. Shunga qaramay, uning ahvoli og‘irligicha qolgan: u mustaqil ravishda suv icha olmagan va ovqatlana olmagan. O‘sha kuni kechqurun ayol vafot etgan va 13 sentyabr kuni dafn etilgan.
Hodisa oila a’zolaridan biri tomonidan e’lon qilinganidan so‘ng Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Internet foydalanuvchilarining voqea chinligiga shubha bilan qaraganiga qaramay, muallif yaqin insonining o‘limi haqida hech kim bunday tafsilotlarni to‘qib chiqarmasligini ma’lum qilgan. Qarindoshlarning so‘zlarini mahalliy aholi va qishloq mulozimi ham tasdiqlagan. U tobut chuqur muzlatish rejimida emas, balki yengil sovutish rejimida ishlaganini, bu esa ayolning hayotini saqlab qolganini aytgan.
Shifokorlar yuz bergan hodisani “soxta o‘lim” deb atagan. Bu holatda insonda metabolizm (moddalar almashinuvi) kritik darajada sekinlashadi, nafas olish va puls esa deyarli sezilmaydi. Bemorning o‘zi esa o‘lim bilan adashtirish juda oson bo‘lgan chuqur koma holatiga tushadi. Shifokorlar aynan shu sababli o‘limni qayd etish uchun hamisha qa’tiy professional mezonlar qo‘llanilishini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahridagi masjidda 80 yoshli Halit Bayshuning janozasi davomida uning tirik ekani aniqlangandi.
Live
Barchasi