O‘tgan yili qancha ichki ishlar xodimi xizmat vaqtida halok bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

2019 yil hisobotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 28 nafar Ichki ishlar xodimi xizmat vazifasini  bajarish vaqtida halok bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov “Yuksalish” umummilliy harakatida o‘tgan jamoatchilik muloqotida ma’lum qildi. 

2019 yilda xizmat vazifasini bajarish jarayonida 28 nafar ichki ishlar xodimi vafot etgan, 229 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Birgina yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash vaqtida 20 nafar xodim halok bo‘lgan, 81 nafari jarohatlangan.

“Oxirgi vaqtlarda ichki ishlar organlari faoliyatini faqat bir tomonlama baho berib, biron bir xatosini ko‘rib qolsak, yomonlashga o‘rganib qolganmiz.

Uni doim risk bilan bog‘liqligini esdan chiqarmaslik zarur. Shu narsaga e’tibor qilinmaydi. Ko‘chada bemalol yurish, farzandini ko‘chaga chiqqanida xavotir olmaslik va xokazo ko‘zga ko‘rinmaydigan qulayliklar o‘zidan o‘zi paydo bo‘lib qolgandek ko‘rinadi”, deydi G‘iyosov. 

Shohruh G‘iyosov joriy yilning yanvar – may oylaridagi statistik ma’lumotlarni ham ochiqlagan. Uning qayd etishicha, joriy yilning 5 oyida vafot etgan ichki ishlar xodimlari 5 nafarni tashkil etadi. xizmat faoliyatini bajarish vaqtida 73 nafar xodim turli tan jarohatlarini olgan. Vafot etganlardan 4 nafari, jarohatlanganlarning 31 nafari esa YHX xodimlaridir.

“Nima uchun bu narsalar aytilmaydi, nima uchun ochiqlanmaydi? Qaysi ota-ona o‘z farzandini shunday ishga yuborgisi keladi yoki xotini bola-chaqasi xavotir olib o‘tirmaydi? Bizning xodimlar ishga ketayotganida uyiga qaytib kelishi – bu baxt”, deydi G‘iyosov kuyanchaklik bilan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shohruh G'iyosov

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing