G‘iyosov hokimiyatlardagi yig‘ilishlar vaziyatning minusga ketishiga sabab bo‘layotganini aytdi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
7493O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytirilmoqda. Unga ko‘ra, mamlakatda korxona va tashkilotlar, davlat idoralari yana faoliyatini onlayn rejimga o‘tkazadi, ayrim xodimlarini mehnat ta’tiliga chiqaradi. Bu mart-aprel va may oylarida ham kuzatilgan edi.
Komissiya qarorida davlat organlarining va tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismini mehnat faoliyatini onlayn yoki distansion tarzda tashkil etish alohida belgilanmoqda. Xo‘sh, bunga sabab nima? Nima uchun bu talab yana qaytmoqda? G‘iyosov bunga quyidagicha izoh berdi:
“Korxona, tashkilot va ofislarda karantin qoidalariga umuman rioya qilinmay qo‘ydi. Shu bois yana ushbu cheklovlarga qaytishga majbur bo‘lindi”.
Respublika maxsus komissiyasi qarorida yana davlat organlari va tashkilotlarda yig‘ilishlar o‘tkazilishi ham taqiqlangan. G‘iyosov buni izohlarkan, bu avvalgi qarorlarda ham aytilishiga qaramasdan, juda ko‘p tashkilotlarda amal qilinmagan. U hokimiyatlarda yig‘ilishlarni o‘tkazish davom etayoganini alohida urg‘uladi. Amaldorning ta’kidlashicha, aynan shu holat umumiy vaziyatning minusga qarab ketishga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi