Ustozning shogirdga tayyorlagan sovg‘asi: “Siti” “Arsenal”ni yakson qildi
Sport
−
28 Avgust 2021 3791 1 daqiqa
Angliya premer ligasining 2-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv “shaharliklar”ning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu o‘yinda Xosep Gvardiola o‘z shogirdi Mikel Artetaga “master-klass” o‘tab berdi.
Birinchi taymni faol boshlagan londonliklar 7-daqiqadayoq qarshi hujumda jazolandi va Jezusning uzatmasidan so‘ng, Ilkay Gyundogan hisobni ochdi. 12-daqiqada himoyachilarning jarima maydonchasi ichidagi xatosidan unumli foydalangan Ferran Torres oradagi farqni ikkita golga oshirdi.
35-daqiqada “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakaga qizil kartochka ko‘rsatildi. U mazkur vaziyatda Joau Kanseluga nisbatan qo‘pollik ishlatgan edi. Shundan so‘ng, bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan “Siti” futbolchilari 43-daqiqada Gabriel Jezusning goli evaziga oradagi farqni 3 ta golga yetkazdi.
Ikkinchi taymda to‘p nazorati bo‘yicha katta ustunlikka erishgan manchesterliklar 55-daqiqada Rodri, 84-daqiqada Ferran Torresning gollari evaziga 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, 3-turdan so‘ng, 6 ochko to‘plagan “Manchester Siti” to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Barcha o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan “Arsenal” so‘nggi o‘ringa tushib qoldi. Londonliklar raqib darvozasini ishg‘ol etmagan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr