Usmonovning USM xoldingiga yangi rahbar tayinlandi

Biznes

image

Milliarder Alisher Usmonovning aktivlarini boshqaruvchi USM xoldingiga Oksana Gorshkova yangi direktor etib tayinlandi. Bu haqda ”Forbes.ru” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oksana Gorshkova 2012 yildan, xolding tashkil etilganidan beri USM da ishlaydi va ketma-ket bir qator yetakchi vazifalarni, xususan, USM ning ma’muriy, operatsion va boshqaruvchi direktori, shuningdek USM TELEKOM va boshqa bizneslarining boshqaruvchi direktori bo‘lib ishlagan.

USM ning oldingi direktori Yerko‘ja Oqilbek ishdan o‘z xohishiga asosan bo‘shagan. U 2022 yilda USM bosh direktori bo‘lgan. Xoldingning turli tuzilmalarida Yerko‘ja Oqilbek 2020 yildan beri ishlab kelgan. 2020 yil iyuldan 2021 yil avgustgacha u “YUESEM TELEKOM” MCHJning ichki audit va strategik loyihalar bo‘yicha direktori bo‘lib, keyinchalik “XK YUESEM” MCHJning moliyaviy rejalashtirish, nazorat va ichki audit bo‘yicha direktori o‘rinbosari lavozimini egallagan. Shuningdek, Oqilbek USM, “Megafon”, “Metalloinvest” va “Udokan mis”, “Akkermann Sement” va perspektiv texnologiyalarni rivojlantirish markazi direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan.

Malumot o‘rnida, Usmonov Rossiyadagi eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchi “Metalloinvest” va “Megafon” kompaniyalarini nazorat qiluvchi Rossiya investitsiya xoldingi USM ning 49 foiz ulushiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov USM

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing