Usmonovning kompaniyasi O‘zbekiston energetika kompleksini raqamlashtirishda ishtirok etadi

Jamiyat

image

Rossiyaning “IKS Holding” ko‘p tarmoqli IT-tuzilmasining ishchi guruhi Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Ushbu kompaniya O‘zbekiston Respublikasining yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish konsepsiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqadi. Bu haqda “IKS Holding” kompaniyasi rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 fevralida bo‘lib o‘tgan ochilish yig‘ilishida O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov, ushbu vazirlik tomonidan nazorat qilinadigan energetika kompaniyalari rahbarlari, shuningdek “IKS Holding” vitse-prezidenti Stanislav Kiselev va ushbu kompaniyaning Transformatsiya bo‘yicha direktori Yekaterina Zemskova ishtirok etgan.

Stanislav Kiselevga ko‘ra, “IKS Holding” kompaniyasi tarkibida O‘zbekistonda amalga oshirish kutilayotgan raqamlashtirish kabi jarayonlarda qatnashib, tajribaga ega bo‘lgan 120 nafar mutaxassis bor.

“Bizning kompaniya ekotizimi ushbu vazifani muvaffaqiyatli uddalash uchun yetarli darajada texnik yechimlar va tajribaga ega. Bunga metallurgiya va neft qazib olish sohalarida sanoat korxonalari uchun raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarda to‘plangan bilim va tajriba kiradi. 

O‘zbekiston Energetika vazirligiga bizga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik izhor etamiz va uni to‘la oqlashga harakat qilamiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.

“IKS Xolding” vitse-prezident Stanislav Kiselevga ko‘ra, loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi: 

•  O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz va energetika sohasi korxonalarining hozirgi biznes jarayonlari va AKT arxitekturasini o‘rganish;

•  dunyoning ilg‘or tajribalarini tahlil qilish va raqamlashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish; 

•  sanoatni raqamlashtirish uchun umumiy yo‘l xaritasini yaratish.

Ma’lumot o‘rnida, “IKS Holding” va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma 2020 yilning 15 dekabr kuni Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida imzolangan. Hujjatni kompaniya rahbari Anton Cherepennikov va O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov imzoladi.

Ma’lumot uchun, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli USM xolding kompaniyasi 2020 yilda “IKS Xolding”ning 100 foiz aksiyalarini sotib olgan. “IKS Xolding” tarkibiga beshta subholdingga birlashtirilgan 27ta kompaniya kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonovning USM Telekom va “MegaFon” kompaniyalari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etdi. Kompaniya O‘zbekiston aloqa bozoriga kirib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing