Alisher Usmonov kompaniyasi O‘zbekiston aloqa bozoriga kiryapti
Jamiyat
−
10 fevral 2021
36960“YueSeM Telekom” va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etdi. Yangi QK tarkibidan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan ham o‘rin olgan.
O‘zbekiston hukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100 foiz ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 mln dollar miqdorida investitsiya, shu bilan birga USM’ning sho‘’ba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan’ni kiritmoqda.
QK tarkibiga kirish uchun “YueSeM Telekom” va MegaFon “Didjital Invest” kompaniyasiga asos solishdi, unda ikki kompaniyaning ulushi 50 foizdan taqsimlandi. Yangi QKda “Digital Invest” ulushi 51 foiz, DABA ulushi 49 foizga teng.
Bitim doirasidagi jarayonlar 2021−yil davomida yakuniga yetadi. Digital Holding e’tiborini O‘zbekiston Respublikasida aloqa xizmatlaridan foydalanishni yanada qulayroq qilish hamda sifatini oshirish uchun xalqaro standartlarga mos keluvchi telekommunikatsiya infrastrukturasini shakllantirishga, axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni saqlash, ba’zi turdagi tovarlar harakatini markirovkalash va kuzatib borish sohalaridagi ilg‘or texnologiya va tizimlarni tatbiq etishga qaratadi.
Ma’lumot uchun, “YueSeM Telekom” – USM xoldingining raqamli bo‘linmasi. MegaFon telekom operatori va “IKS Xolding” AT guruhining 100 foizini nazorat qiladi. “YueSeM Telekom”ning asosiy mulkdorlari − USM (80 foiz aksiyalar), Ivan Streshinskiy (10 foiz) va Anton Cherepennikov (10 foiz).
Ucell 2018 yilning 5 dekabridan OOO “COSCOM” («Ucell» savdo belgisi) sifatida 100 foiz davlat kompaniyasidir.
Ma’lumot uchun, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov USM Holding kompaniyasining asoschisi hisoblanadi. U kompaniyaning 50 foiz ulushiga egalik qiladi.
LiveBarchasi