Usmonov yana bir ingliz klubi bilan yaqinlashdi
Sport
−
15 yanvar 2020
8460Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov ingliz klubi bilan bog‘liq yangi loyihaga investitsiya kiritdi. Bu "Arsenal" emas, adbatta. Usmonovning USM kompaniyasi 35 mln yevroga “Everton” klubining yangi stadionini nomlash huquqini sotib oldi. Bu xaqda ingliz klubi o‘z rasmiy saytida xabar qildi.
Liverpul shahri klubining yangi arenasi 2023 yilda qurilishi kutilmoqda. Usmonov “Everton”ning hissadori Farhod Moshirining biznes-hamkori sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov 10 yildan ko‘proq vaqt davomida Londonning “Arsenal” klubi hissadorlaridan biri edi. U shu vaqt ichida aksiyalarini ko‘paytirishga va klubning asosiy aksioneri bo‘lishga urindi. Ammo bunga erisha olmagach, 2018 yilda o‘z ulushini “to‘pchilar”ning asosiy hissadori bo‘lib ulgurgan Sten Kronkega sotib yubordi.