Usmonov eski lavozimiga qaytdi

Sport

image

Bugun, 30 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) kongressida rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov tashkilot prezidenti etib saylandi. 

Usmonov oktyabr oyida federatsiya prezidentligiga o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Usmonovdan tashqari FIE rahbarligiga shvetsiyalik Otto Drakenberg ham da’vogarlik qildi, biroq yakunda rossiyalik funksionerning nomzodi ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 2008 yildan 2022 yil martigacha Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti va homiysi bo‘lgan va xalqaro sanksiyalarga uchragach, o‘z lavozimini tark etishga majbur bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, Otabek Umarov esa unga birinchi o‘rinbosar bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing