Usik – Joshua revansh jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh jangi haqida ma’lumot berdi.

U fikricha, bokschilar kelasi yil aprel oyida revansh bahsida ishtirok etishlari mumkin.

“Yaqin kunlarda Aleksandr Krasyuk (Usikning promouteri) bilan suhbatlashaman va jang sanasini kelishib olishga harakat qilamiz. O‘ylaymanki, aprel oyi revansh bahsi uchun qulayroq. Joshua jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Men unga qisqa tanaffus olib, davom etishini aytdim. “Ey-jey” bu jangda g‘alaba qozonmoqchi”, deydi Xirn.

Shuningdek, Eddi Xirn Entoni Joshua yangi murabbiy bilan shartnoma imzolamoqchi ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi:

“Ko‘pchilik Entonining AQSHga ketgani haqida gapirmoqda. U murabbiy izlayotgani yo‘q, shunchaki yangi muhitni ko‘zdan kechirdi, odamlar bilan muloqot qildi. Balki Joshua o‘z jamoasiga yangilarni jalb qilgandir. Lekin Amerika safari uning uchun yaxshi sayohat bo‘ldi, jangga 100 foiz tayyor bo‘lish uchun ruhiy holatini ma’romga keltirishi shart edi”.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik (19-0) joriy yilning 25 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshuaga (24-2) qarshi jang o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonan va WBA, IBF, WBO hamda IBO  chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Tayson F'yuri Entoni Joshua IBF WBO IBO Aleksandr Usik Prof boks

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing