Usik va Joshua jangi Kiyevda o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik (19-0) tez orada britaniyalik Entoni Joshuaga (24-2) qarshi revansh jangini o‘tkazadi.

Ukrainalik promouter Aleksandr Krasyukning so‘zlariga ko‘ra, agar Usik Joshua ustidan g‘alaba qozonsa, WVC chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko‘tariladi.

“Taysonning jamoada uchta asosiy odami bor: uning menejeri, ikkita promouteri Bob Arum va Frenk Uorren. Men ularning barchasi bilan yaxshi munosabatdaman, lekin pul haqida gap ketganda (ayniqsa, amerikaliklar va britaniyaliklar bilan) yaxshi munosabatlar yo‘qoladi. Biz hammamiz ehtiyotkor odamlarmiz va bu tarixiy jang bo‘ladi. Agar biz buni ko‘rish uchun yashasak, murosa topish uchun bizda yetarlicha imkoniyat bo‘ladi”, deydi Krasyuk.

Krasyuk, shuningdek, Usik va Fyuri jangini tashkil etish haqida Bob Arum bilan suhbat haqida ma’lum qildi:

“Arum bilan Entoni Joshuaga qarshi jang oldidan gaplashganimizda, u Usikning g‘alaba qozonishiga ishonayotganini aytdi. Shundan so‘ng keyin Fyuri Uaylderni mag‘lub etishini va ikki yengilmas bokschi Kiyevda mutlaq Jahon chempionligi uchun kurash olib borishi kerakligini ta’kidlagan edi. Bu uning so‘zlari va ular tasvirga ham olingan”.

Eslatib o‘tamiz, “Lo‘lilar qiroli” ukrainalik Usikning zarbalariga bardosh bera olishiga ishonch bildirgan va uni ezib tashlamoqchi ekanini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol WBA WBC Entoni Joshua IBF WBO Aleksandr Usik

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing