Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Jalolov ham ringga chiqmaydi

Sport

image

Joriy yilning 17 fevral kunida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda super og‘ir vazn toifasidagi jangchilar britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi mutlaq chempionlik uchun jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Jangga 2 hafta qolganida Fyuri qoshidan jiddiy jarohati borligini ma’lum qildi.

Dastlab, tashkilotchilar jang kuni Usikka boshqa raqib topib berish borasida ish olib borishlari ma’lum bo‘ldi, biroq biroz vaqt o‘tib turnir butunlay bekor qilindi.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov chernogoriyalik Dilan Prashovichga qarshi jang qilmaydi. 

Qayd etish joiz, bu Usik-Fyuri jangining 2-marta bekor qilinishi hisoblanadi. Tomonlarning 1-to‘qnashuvi oldidan ham aynan Fyuri jarohati bois ringga ko‘tarila olmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Aleksandr Usik Tayson Fyuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing