Usik UFC jangchisi bilan urishmoqchi
Sport
−
14 fevral 4657 1 daqiqa
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, ukrainalik yengilmas bokschi Aleksandr Usik 93 kg vazn toifasida amaldagi UFS chempioni braziliyalik Aleks Pereyra bilan jang o‘tkazishni xohlamoqda. Bu haqda “Eurosport”ga bergan intervyusida aytdi.
Dyubua-Parker to‘qnashuvi g‘olibi bilan jangdan keyin Aleks Pereyra bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazasizmi, degan savolga Usik “Bo‘lishi mumkin, nega jang qilmasligim kerak”, deb javob berdi.
Usikning so‘nggi jangi 22 dekabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tdi. Uning raqibi britaniyalik Tayson Fyuri bo‘ldi. Jang to‘liq 12 raund davom etdi va bir ovozdan Aleksandrning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shuningdek, Aleks Pereyraning o‘zi ham Aleksandr Usik bilan jang qilish g‘oyasiga qarshi emas.
Live
Barchasi