Usik Inoueni ortda qoldirdi

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida yangi mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik vazn toifasidan qat’i nazar, dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, reytingdagi o‘zgarish Usikning britaniyalik Tayson Fyuri bilan jangdagi g‘alabasidan keyin sodir bo‘lgan. G‘alaba orqali Usik og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Usikkacha reyting yetakchisi yaponiyalik Naoya Inoue edi. Endi u 2-o‘ringa tushib qoldi. Bu borada kuchli uchlikka AQSH vakili Terens Krouford yakun yasab bergan. 

Ma’lumot uchun, Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang 19 mayga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tdi. Jang 12 raund davom etdi va ukrainalikning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsning 9-raundida Aleksandr Taysonni nokdaunga uchratdi, ammo britaniyalik bokschi jangni davom ettirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing