Usik-Fyuri to‘qnashuvi taxminan qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasi chempionlari ukrainalik Aleksandr Usik hamda buyuk britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang 29 aprel kuni o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri insayderi Mayk Koppinjer o‘z sahifasida ma’lum qildi. 

“Tayson Fyuri va Aleksandr Usik superog‘ir vazn toifasidagi mutlaq chempionlik jangi uchun muzokaralarni davom ettirmoqda. Jang taxminan 29 aprel kuni o‘tkazilishi mumkin”, deydi Koppinjer.

Shuningdek, insayder muzokaralarda Usik shartnomaning o‘ziga tegishli tomonlarini hal qilganini ta’kidladi.

“Usik bo‘lajak jang bilan bog‘liq shartnomaning o‘ziga tegishli qismini yakunlagan, endi Fyurining navbati. Agar Saudiya promouterlari bilan kelishuv amalga oshmasa, jang “Uembli”da o‘tkaziladi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Tayson Fyuri profboksda umumiy 32 ta jang o‘tkazib, janglarning hech birida mag‘lubiyatga uchramagan. Britaniyalik bokschi 32 ta jangning 23 tasini nokaut bilan tugatgan. Usik ham o‘tkazgan 20 ta jangining barchasida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Usik Fyuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing