Usik faoliyatini futbolda davom ettiradi

Sport

image

Boks bo‘yicha WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik “Polese” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Usik Jitomir jamoasi safida 17-raqam ostida to‘p suradi. 2023-24 yilgi mavsumda “Polese” Ukraina Premer-ligasida o‘ynaydi.

O‘tgan mavsumda klub mamlakat ikkinchi divizionida 1-o‘rinni egalladi. Ukraina milliy chempionati 1-turida “Polese” safarda “Veres”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 29 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Hozircha bokschining o‘zi va uning vakillari “Polese” klubi bilan shartnomaga oid xabarlarga izoh bermagan.
Ma’lumot o‘rnida, Usik o‘z vaqtida “Tavriya” yoshlar jamoasida yarim himoyachi sifatida o‘ynagan. 

Ukrainalik bokschi mutlaq chempion maqomini qo‘lga kiritish uchun britaniyalik Tayson Fyuriga tegishli bo‘lgan WBC kamarini olishi kerak. Mart oyida Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang daromad taqsimoti bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sababli bekor qilingandi. Natijada Fyuri 28 oktyabr kuni sobiq UFC chempioni Fransis Ngannuga, Usik esa 26 avgust kuni WBA World kamari sohibi britaniyalik Daniyel Dyubuaga qarshi jang qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Usik Poles'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing