Usik-Fyuri jangining revansh sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Og‘ir vazndagi bokschilar ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang shu yilning dekabrida o‘tkaziladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar ishlar bosh boshqarmasi rahbari Turkish Al Ash-Sheyx ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Fyuri-Usik 2. 21.12.2024” , deb yozdi ash-Shayx.

Qayd etish joiz, tomonlar o‘rtasidagi birinchi jang may oyida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o‘tkazilib, to‘qnashuvda ukrainalik bokschining qo‘li baland kelgandi. 

Ma’lumot uchun,  37 yoshli Usik shu vaqtga qadar profringda 22 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Janglarining 14 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 35 yoshli Fyuri esa 35 marta jang qilib, 34 ta g‘alaba qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made