Usik-Fyuri jangiga hakam tayinlandi 

Sport

image

Amerikalik hakam Mark Nelson ukrainalik bokschi Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi chempionlik jangini boshqaradi. Bu haqda boks jurnalisti Kris Makkenna o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Mark Nelson 2017 yilda filippinlik Menni Pakyao va avstraliyalik Jeff Xorn o‘rtasidagi chempionlik jangini boshqarib, bahsli qarori bilan hammaning yodida qolgan.

Aleksandr Usik va Tayson Fyuri 18 may kuni Saudiya Arabistonida og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang qiladi.

Qayd etish joiz, “Asr jangi” deb nom olgan to‘qnashuv g‘olibiga tashkilotchilar tomonidan maxsus kamar taqdim etiladi. 

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Usik professional ringda 21 ta jang o‘tkazib, 21 ta g‘alabaga erishgan. U Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Jahon boks tashkiloti (WBO) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO) chempioni hisoblanadi.

Fyuri 35 yoshda, Butunjahon boks kengashi (WBC) chempionlik kamariga ega va professional faoliyatida mag‘lubiyatga uchramagan (34 g‘alaba va bitta durang).


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik Mark Nel'son

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing