Usik-Fyuri jangi tashkilotchilari translyatsiyadan qancha daromad qildi?

Sport

image

Ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun kechgan jangda 1,5 million dollar pullik translyatsiya sotilgan. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Jang 19 mayga o‘tar kechasi Ar-Riyodda bo‘lib o‘tdi va ukrainalik bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi. Britaniyalik Tayson Fyuri esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qildi.

Qayd etilishicha, jang translyatsiyasining aksariyatini Britaniya telekanallari tomonidan sotib olingan. Shuningdek, jang homiylik shartnomalaridan 40 million dollar va chipta sotishdan yana 3 million dollardan ortiq daromad keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usik-Fyuri jangi tashkilotchilari noqonuniy translyatsiyalar tufayli 120 million dollar zarar ko‘rgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made