Usik-Fyuri jangi tashkilotchilari noqonuniy translyatsiyalardan qancha zarar qilgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
22 may
3498Ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi boks jangini kamida 20 million tomoshabin internetdagi noqonuniy translyatsiyalar orqali tomosha qilgan. Bu haqda onlayn translyatsiyalar nazorati bilan shug‘ullanuvchi “Yield Sec” platformasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lishi mumkin edi. Tadqiqotda noqonuniy translyatsiyaga har bir havola bitta tomoshabin sifatida hisoblangan. Oqibatda rasmiy televideniye huquqlari egalari taxminan 120 million dollar yo‘qotishgan.
Tadqiqotda kamida 2 mingta noqonuniy eshittirish manbalari aniqlangan. Shundan taxminan 45 foizi Yevropa (Buyuk Britaniyada 18 foiz), 25 foizi Shimoliy Amerika va 16 foizi Osiyo hissasiga kirgan.
Jang qonuniy ravishda Sky Sports, TNT Sport va DAZN telekanallarida namoyish etildi.
LiveBarchasi