Urushga qaramay Isroildagi o‘zbekistonliklar Navro‘zni nishonladi (foto, video) 

Olam

image

Kecha, 21 mart kuni Isroilda bir guruh o‘zbekistonliklar Navro‘z bayramini nishonladi. Bu haqda O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tadbirda yangilanish, yasharish bayramining yaxshilikni targ‘ib qiluvchi fazilatlari haqida so‘z borgan. 

"Navro‘z bayrami nishonlandi – avlodlar va oilalar o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlik, shuningdek, yarashuv va qo‘shnichilik kabi qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi qadimiy bayram – hozirgi sharoitda har qachongidan ham dolzarbroqdir", deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 mart kuni "Humo Arena" majmuasida bo‘lib o‘tgan Navro‘z shodiyonasida nutq so‘zlab, o‘zbekistonliklarni Navro‘z ayyomi bilan tabriklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Navro'z o'zbekistonliklar Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing