Urush Ukraina infratuzilmasiga qanchaga tushdi?

Olam

image

Joriy yilning 24 fevral kuni boshlangan urush davomida Ukrainadagi 3780 ga yaqin turar-joy binosi zarar ko‘rdi, 651 tasi esa vayron bo‘ldi. Bu haqda Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati raisi o‘rinbosari Roman Primush ma’lum qildi.

“Bizda zarar ko‘rgan binolar soni bo‘yicha statistika mavjud. Bugungacha 3780 ga yaqin turar-joy binolari qisman zararlangan, 651 ta turar-joy binosi butunlay vayron bo‘lgan”, deydi u.

Roman Primushning so‘zlariga ko‘ra, bu statistik ma’lumotlar qutqaruvchilar hayotiga xavf tug‘dirmagan holda yetkazilgan zarar miqdorini baholay oladigan ob’ektlarnigina aks ettirgan. Bosib olingan hududlardagi binolar holati inobatga olinmagan.

“Vayronagarchilik ko‘lami ancha katta. Ukrainaning eng muhim vaziyatlardagi suveren xizmati allaqachon mamlakatning vayron bo‘lgan fuqarolik infratuzilmasini tiklash rejalarini ishlab chiqmoqda. Mamlakatni kelajakda qayta qurish uchun hozirdanoq kuchlarni jalb qilyapmiz”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Ukrainada harbiy holat joriy qilinib, umumiy safarbarlik e’lon qilingan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing