“Urush hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi”. Qodirov Qozog‘istondagi vaziyatga munosabat bildirdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Qozog‘istondagi voqealarga befarq emasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

“Biz Qozog‘iston taqdiriga befarq emasmiz. Otam o‘sha yerda tug‘ilgan, u yerda bobomning ukasi dafn etilgan. Eng og‘ir damlarda qardosh qozoq xalqimiz panohida bo‘lganmiz. Gaz narxi tufayli odamlar chiqdi: yo‘q qiladi, o‘ldiradi. Nega yo‘q qiladi? Nega agressivlik qilish kerak? Politsiya xodimlarini urishadi. Ular jinoyat qilishadi va buning uchun kelajakda jazolanadi”, degan Qodirov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, urush hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. 

“Urush hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi, urush yo‘q qiladi va o‘ldiradi... Men bu noroziliklarning boshida turganlardan to‘xtashlarini so‘rayman”, deya so‘ziga yakun yasagan Checheniston rahbari. 

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. 

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qodirov

Baholaganlar

385

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing