O‘rtancha qizini mukofotlagan Qodirov to‘ng‘ich qizini ham quruq qo‘ymadi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Qodirova “Inson huquqlarini himoya qilgani uchun” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda “Grozniy” telekanalining saytida e’lon qilindi. 

Ayshat Qodirova fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilish, respublikaning ijtimoiy va madaniy hayotini rivojlantirish, chechen xalqining madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylash hamda ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlangan.

Bundan tashqari, medal “yuqori professionallik, shuningdek, fuqarolik jamiyati va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, endigina 23 yoshga to‘ladigan Ayshat Qodirova joriy yilning oktyabr oyida Checheniston Madaniyat vaziri etib tayinlangandi. Bungacha u bir yilga yaqin respublika Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ramzan Qodirovning 21 yoshli qizi, Grozniy maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Xadijat Qodirova “Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

medal'

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing