O‘rindiq ostida ko‘rmaydi deb o‘ylagandi...

Jamiyat

image

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida marixuana giyohvandlik moddasining g‘ayriqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.

G‘ijduvon tumanida o‘zining Nexia rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan fuqaro J.Sh. tezkor guruh  vakillari tomonidan to‘xtatilib, avtomashinasi tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport vositasining old yo‘lovchi o‘rindig‘i ostiga 8 dona gugurt qutilariga joylashtirilgan umumiy og‘irligi 45,12 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postida xorijdan uchib kelgan fuqaro F.I umumiy qiymati 18,9 million so‘mlik, 6 ming 300 dona sim kartalarni mamlakatga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Bojxona gugurt qutisiga joylagandi

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing