Urgutda chilangar-ta’minotchi aholining salkam 111 mln so‘mlik gazini “uxlatdi”
3-sahifa
−
13 Sentabr
3732Samarqand viloyati Urgut tumanida chilangar-ta’minotchi soxta hujjatlar rasmiylashtirib, aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 110,7 mln so‘mlik gazni boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Urguttumangaz” GTB suyultirilgan gaz xizmati chilangar-ta’minotchisi F.P. soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 110,7 mln so‘mlik suyultirilgan gazni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlangan edi.
LiveBarchasi