Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi (video)
Jamiyat
−
16:24 853 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari davlat monopoliyasida bo‘lgan suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda so‘z ochdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda 3 million 800 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Ilgari davlat monopoliyasida bo‘lgan mazkur ta’minot tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy qilinmoqda.
Tadbirkorlar ishtirokidagi pilot loyiha Andijon viloyatida boshlangan. Kelasi yil suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasini respublika bo‘ylab xususiy sektorga berish maqsad qilingan.
Prezident bu jarayonda ta’minot uzluksizligi, xavfsizlik va aholiga xizmat ko‘rsatish sifati eng muhim mezon bo‘lishini ta’kidlagan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr