Özbekiston böylab 420 ta gaz ballonni talon-toroj qilganlar uşlandi (video)
3-sahifa
−
21:00 586 3 daqiqa
Özbekistonning turli hududlarida aholiga möljallangan 420 ta gaz ballon talon-toroj qilingani ma’lum böldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi uçun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilinişiga yöl qöymaslik maqsadida DXX, IIV, BP, FVV, “Özenergoinspeksiya” va “Hududgazta’minot” AJ hamkorligida respublika böylab reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida bir guruh şaxslar gaz tarqatiş şoxobçasi mansabdorlari bilan til biriktirgan holda, özlariga tegişli noturar binoda 6 tonna hajmli sisterna örnatib, aholiga tarqatiş uçun möljallangan suyultirilgan gaz töldirilgan ballonlarni kompressor orqali uşbu sisternaga böşatib, söngra uni özlariga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida noqonuniy sotiş bilan şuğullangan.
Tekşiruv davomida uşbu manzilda qiymati 32,2 mln sömlik 3,1 tonna suyultirilgan gaz aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirilgan. Ta’kidlaş lozim, 3,1 tonna suyultirilgan gaz örtaça 150 ta xonadonning 45 kunlik ehtiyojini qoplaydi. Bundan taşqari, mazkur şaxslar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulaniş orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd sömlik zarar yetkazilganligi foş bölgan. Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boşqa holatda esa Qöşrabot tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan fuqaroning uyida 130 kg suyultirilgan gaz bilan töldirilgan 35 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bölgan.
Reyd tadbirlari Qoraqalpoğiston Respublikasida ham faol tarzda amalga oşirilayotgan bölib, birgina Amudaryo tumangaz bölimi işçisi va 1969 yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadonlarida jami 23 ta gaz balloni borligi aniqlangan.
Xorazm viloyati Boğot tumangaz bölimining 3 nafar çilangari esa öz tanişlarining yaşaş xonadonlarida jami 300 kg suyultirilgan gaz bilan töldirilgan 25 ta gaz ballonni qimmat narxlarda sotiş uçun saqlab kelgan.
Andijon viloyatida ötkazilgan tadbirlar davomida 980 kg suyultirilgan gaz töldirilgan 243 ta gaz balloni qimmat narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bölgan. Jumladan, Uluğnor tumangaz bölimi çilangarining uyidan aholi uçun möljallangan 17 ta gaz balloni, Şahrixon tumangaz bölimi çilangarining xonadonidan esa 13 ta gaz balloni olingan.
Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda Yangiobod tumangaz ta’minoti bölimi haydovçisi öziga taniş bölgan 2 nafar fuqaroning yaşaş xonadonlarida jami 720 kg suyultirilgan gaz töldirilgan 57 ta gaz ballonni noqonuniy saqlayotganligi hujjatlaştirilgan.
Navoiy viloyati Nurota tumangaz çilangari va haydovçisi esa özaro til biriktirib, “Hududgaz Navoiy” GTF balansida bölgan va suyultirilgan gaz bilan töldirilgan 2 dona gaz ballonni xaridorga 280 ming sömga sotayotgan vaqtlarida uşlangan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda joriy yilning 19-21 oktyabr kunlari ötkazilgan reydlar davomida noqonuniy muomalada bölgan 3 mingdan ziyod gaz ballonlari va ularda saqlanayotgan 13 ming 636 kg suyultirilgan gaz mahsuloti aşyoviy dalil sifatida olingandi.
Live
Barchasi