Aholiga tegişli 1,1 tonna gazni sotişga uringanlar qölga tuşdi

3-sahifa

−

image

Özbekistondagi turli hududlarda 7 ta holatda suyultirilgan gaz solingan 249 ta gaz ballon tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, DXX, BP, IIV, FVV, “Özenergoinspeksiya” hamda “Hududgazta’minot” AJ xodimlari iştirokida nazorat tadbirlari ötkazilgan. Xususan, joriy yilning 9 noyabr kuni ötkazilgan tadbirlarda 7 ta holatda uşbu mahsulot solingan 249 ta gaz ballonidagi 1 160 kilogramm gaz tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan. Uşbu holatlar orasida gaz ta’minoti tizimining ayrim xodimlari bilan boğliq qonunbuzilişlar ham bor.

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida “Amudaryo tumangaz” bölimi suyultirilgan gaz xizmati çilangari 104 ta gaz ballonini tegişli hujjatlarsiz, yonğin xavfsizligi qoidalariga zid ravişda saqlab kelgani aniqlangan. Surxondaryo viloyatida “Şerobodtumangaz” ta’minoti bölimi haydovçisi öz yaşaş xonadonida 25 ta gaz ballonini saqlagani qayd etilgan. Toşkent viloyatida “Quyiçirçiq tumangaz” bölimi gaz töldiriş şoxobçasining gaz ballon töldiruvçisi tomonidan 3 ta gaz balloni saqlangani aniqlangan.

Bundan taşqari, Namangan şahrida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan şaxs keyinçalik aholiga sotiş maqsadida öz uyida 20 ta gaz ballonini saqlagan. Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida yaşovçi, 1974 va 1996 yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaroning xonadonlarida jami 92 ta gaz balloni yonğin xavfsizligi qoidalariga zid ravişda saqlangani qayd etilgan. Xorazm viloyati Xonqa tumanida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan şaxs mahalla hududidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida gaz idoralariga tegişli, aholi uçun ajratilgan 5 ta gaz ballonidan noqonuniy foydalangani hujjatlaştirilgan.

Qayd etilişiça, joriy yilning 20 oktyabridan buyon respublika böyiça 370 ta holatda jami 9 455 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan. Ulardagi suyultirilgan gaz miqdori 102 ming 158 kilogrammni taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq endi Özbekistonda aholiga gaz va kömir yetkazib berilişini Içki işlar vazirligi nazorat qilişi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing