Urganchda 10 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

3-sahifa

image

Urganchda mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarlari va yana bir necha shaxslar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “B.M." MCHJ rahbari B.J. va boshqa shaxslar tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan tibbiyot uskunalarini boshqa shaxslarga sotib yuborgan. Ular jami 5,8 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, “K.H.” MCHJ rahbari A.S. hududiy tijorat banki filialidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun ajratilgan 4,5 mlrd so‘m kredit evaziga garovga qo‘yilgan 3 ta xonadon hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasini boshqa shaxslarga sotib yuborgan. U kredit mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va  168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand va Namangan viloyatida 3 mlrd so‘mga yaqin imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan korxona rahbarlari aniqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

kredit Urganch talon-toroj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing