“Urdiyu surdi”. Qashqadaryoda haydovchi odam urib, qochib ketdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Lacetti haydovchisi piyodani urib, qochib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 12 fevral kuni tungi soat 20:30 da Yakkabog‘ tumani Cho‘mich mahallasida sodir bo‘lgan. Unda 27 yoshli haydovchi avtomobilida piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan. Avtohalokat oqibatida piyoda vafot etgan. 

Haydovchining ma’lum qilishicha, u ketganidan so‘ng tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 fevral kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo piyoda yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing