Uni Xudoga soldim – Atamboyev sobiq prezident Jeenbekov haqida
Olam
−
15 fevral 2023
23247Avval xabar berganimizdek, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev kecha, 14 fevral kuni qamoqdan ozod etildi va o‘z izdoshi, sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov haqida o‘z fikrini aytdi.
“Men uni ta’qib qilmayman va hech narsa qilmoqchi emasman. Xudo uni jazolaydi. Allaqachon jazolayapti ham. Qirg‘izlarda shunday gap bor: “Xudoga soldim”, deydi sobiq prezident.
Avvalroq sudlarda Almazbek Atamboyev sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov bilan nima uchun janjallashgani haqida gapirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga Bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov sabab bo‘lgan.
“Sapar Isakov (sobiq bosh vazir) Rayimbek Matraimovni ishdan bo‘shatdi. Sapar Isoqovni ta’qib qilish boshlandi. Men har doim Sokaga (Sooronbay Jeenbekov) aytganman – mening ongimda nima bo‘lsa, tilimda ham o‘sha”, deydi sudlanuvchi.
Bugun ma’lum bo‘lishicha, sobiq prezidentga nisbatan qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi fakti bo‘yicha jinoyat ishi yangi sud muhokamasiga yuborilgan. Oliy sud avvalgi hukmlarni bekor qilgan. Almazbek Atamboyevga ham davolanish uchun mamlakat tashqarisiga chiqishga ruxsat berilgan.
Sobiq prezident davolanish uchun Ispaniyaga ketmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya Bosh vaziri uning ozod etilishini qo‘llab-quvvatlagan va o‘z mamlakatiga taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda Atamboyev 2013 yilda qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilingani bilan bog‘liq ish yuzasidan 11 yilu ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Bundan tashqari, Atamboyev 2019 yilning 7-8 avgust kunlari Qo‘y-Tosh qishlog‘ida sodir bo‘lgan tartibsizliklar, korrupsiya va “pul yuvish”, Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bilan bog‘liq ishlar bilan ayblangan.
2022 yil 16 iyun kuni Atamboyev Bishkekdagi Kalis-Ordo turar-joy massivida maktab qurilishi va Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bo‘yicha jinoiy ish bo‘yicha oqlangan edi.
2022 yil 28 iyun kuni esa Bishkekning Pervomay tuman sudi Atamboyevni 2020 yil oktyabr oyida ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlik ishida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli oqlagan.
Almazbek Atamboyev davrida Bosh vazir bo‘lgan Sooronbay Jeenbekov 2017 – 2020 yillarda mamlakat Prezidenti lavozimini egalladi va u boshqaruvga keliboq Atamboyevni qamoqqa tashladi.
Almazbek Atamboyev va Sooranbay Jeenbekov 2017 yili o‘tgan prezidentlik saylovigacha yaqin do‘st bo‘lishgan. Biroq, Jeenbekov Prezident bo‘lganidan keyin o‘rtada janjal chiqqan.
Kelishmovchilikdan keyin Atamboyev bir necha marta Jeenbekov nomiga tanqidiy fikrlarni aytgan. Atamboyev Jeenbekovga prezidentlik lavozimiga kelishga ham yordam berganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari o‘tkazilgandi. Ammo xalq uning natijasidan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirdi. Natijada mamlakatda tartibsizlik va talonchilik avj oldi.
Namoyishlar oqibatida mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov va Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi.
LiveBarchasi