Unga adolatli hukm chiqadi – Tramp afroamerikalikning qotili masalasiga to‘xtaldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Atlantada afroamerikalik Reyshard Bruksning hibsga olinishi va o‘limi haqidagi voqea "juda yomon" yakunlanganini va politsiyaga qarshilik ko‘rsatmaslikni maslahat berganini aytdi.

Atlanta shahrida afroamerikalik Reyshard Bruks politsiya tomonidan o‘ldirilganidan so‘ng, norozilik namoyishlari yana avj oldi. Ovqatlanish shoxobchasining avtomobillar to‘xtab turish joyida mast holda uxlab yotgan Bruks politsiya tomonidan ushlangan. Ammo qarshilik ko‘rsatishni boshlagan, politsiyachidan elektroshokerni olib, qochishga harakat qilgan. Politsiya xodimi Garrett Rolf o‘t ochgan. Bruks kasalxonada vafot etdi. Prokuratura ilgari politsiyadan ishdan bo‘shatilgan Rolfni 11 modda, jumladan, qotillikda ayblamoqda.

"Siz politsiya xodimiga bu tarzda qarshi turolmaysiz. Bu dahshatli qarama-qarshilik bilan yakunlanadi. Va, qarang, qanday yakun topdi u? Juda yomon, juda", dedi Tramp “Fox News”ga bergan intervyusida.

Prezident, shuningdek, Rolfning advokatiga ham murojaat qildi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, mijozi ta’qib paytida o‘q ovozini eshitgan va uchqun chaqnaganini ko‘rgan.

"U (sud - tahr) buni aniqlashi kerak. Bu adolat masalasidir. Umid qilamanki, unga (Rolf - tahr) adolatli hukm chiqadi", deb qo‘shimcha qildi Tramp.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda politsiya xodimlari tomonidan yana bir qora tanlini o‘ldirilgani videosi paydo bo‘lgan edi. Katta ehtimol bilan ushbu tasvirlar afroamerikalik Reyshard Bruks voqeasi bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing