Undan jabr ko‘rganlar bormi?

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJga berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya to‘xtatganini ma’lum qilgan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti “Korean and Migration xususiy bandlik agentligi” MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. 

Hozirda jinoyat sodir etishda gumon qilinib, Koreya Respublikasining fuqarosi Kang Namkyu tergovga jalb qilingan. 

“Agar Siz quyida fotosuratda keltirib o‘tilgan shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Tergov departamentining (71) 231-31-98,  (71) 231-36-22,  (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi Tergov departamenti xabarida.  

“Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish yuzasidan ular bilan shartnoma imzolagan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentligi fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmagani to‘g‘risida ko‘plab norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tushgan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45-46-bandlariga muvofiq, “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ litsenziyasini tugatdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Korean and migrations xususiy bandlik agentligi Tergov departamenti

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing