Undan qo‘rqmang! – Eron Prezidenti
Olam
−
29 aprel 2020
15496Eron xalqi COVID-19 koronavirusidan qo‘rqmasligi kerak, ammo shu bilan birga ehtiyotkor bo‘lishi darkor. Bu haqda kecha, 28 aprel kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi.
“Favqulodda qo‘rquv, haddan tashqari tashvish va xavotir koronavirusning o‘zidan ham battar xavflidir. ushbu qo‘rquv va hadiklar odamlarning hayotini buzishi va ularning farovonligini yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin“, deydi Prezident o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotda.
Ruhoniyning ta’kidlashicha, bu kasallikka nisbatan juda xotirjamlikka ham berilmaslik kerak. Shuningdek mamlakat rahbari unga nisbatan beparvolik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Ammo shu bilan birga, biz beparvo bo‘lmasligimiz kerak. Doim zarur ehtiyot choralarini ko‘rishimiz maqsadga muvofiqdir“, deydi Ruhoniy.
Hozirda Eron ushbu kasallikning tugash bosqichida turibdi. O‘tgan hafta mamlakatda joriy qilingan cheklovlar olib tashlandi.Do‘konlar, bozorlar va istirohat bog‘lari ochildi hamda shaharlararo avtomobil yo‘llarida transport harakati tiklandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan bog‘liq 92 584 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 72 439 nafari sog‘aygan, 5 877 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 14 268 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi