Eronda koronavirusning ikkinchi to‘lqini avjiga chiqdi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi koronavirusning ikkinchi to‘lqinini boshdan kechirmoqda. Bugun, 4 iyun kuni mamlakatda koronavirusga chalinish holati bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Oxirgi bir sutkada 3 574 ta kasallikka chalinish holati aniqlandi. Bu haqda IRNA axborot agentligi ma’lum qildi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Kiyanush Jahanpur ma’lum qilishicha, bir sutkada 59 kishi koronavirus sabab hayotdan ko‘z yumgan. Eronda avj olgan kasalliklardan vafot etganlar jami 8 071 nafari tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, jami 164 270 kasallik holatlari qayd etilgan. Shu vaqtgacha Eronda 127 485 kishi sog‘aygan.

Eronda kunlik koronavirusga chalinish dinamikasi. Bunda siz Erondagi epidemiyaning ikkinchi to‘lqinini ko‘rishingiz mumkin.

Qayd etilishicha, 2 iyun kuni Eronda ikki oydan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish soni kuniga 3000 dan oshdi. Oldingi safar 30 mart kuni 3186 ta holat qayd etilgan edi.

Erondagi mavjud bemorlar soni. Mayning o‘rtasida mamlakatda karantin cheklovlari yumshatila boshlangan. Shundan so‘ng, epidemiyaning qayta avj olishi kuzatildi.

Shu bilan birga, may oyi boshida kuniga koronavirus bilan 802 ta yangi yuqtirish holatlari qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich ikki oy ichidagi eng kami hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Eron aprel oyining o‘rtasida koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonayotganini ma’lum qilgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Eronda

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing