Javod Zarif Trampga: “Boshqa xalqlarning ishlariga aralashishni bas qil“
Olam
−
20 aprel 2020
8737Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSH Prezidenti Donald Trampga boshqa xalqlarning ishiga aralashmasligini aytdi. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni “Tasnim News“ agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Trampning AQSH Eronga suniy nafas berish uskunalari yetkazishga tayyor ekanligi haqida ma’lum qilgandi. Ushbu so‘zlarga javoban, Javod Zarif, Islom Respublikasi bir necha oy ichida ushbu uskunalarning eksportini boshlashini va AQSHning yordamiga umuman ehtiyoj bo‘lmasligini aytdi.
“Eron bir necha oy ichida suniy nafas berish uskunalarini EKSPORT QILADI, @realdonaldtrump. Boshqa xalqlarning ishlariga aralashishni bas qilishing kerak, ayniqsa biznikiga. Va menga ishon, biz HECh QAYSI amerikalik siyosatchidan maslahat olmaymiz“, deb yozdi Zarif Twitter sahifasida.
Bir kun oldin AQSH Prezidenti “Men ular (Eron)ga yordam berishni taklif qildim. Agar ularga suniy nafas berish uskunalari kerak bo‘lsa, men ularga ushbu uskunalarni yuborgan bo‘lardim. Bizda minglab ortiqcha ushbu tibbiyot uskunalari mavjud.Ularni zaxirasi bor“, deya tvit yozgan edi.
Ma’lumot uchun, rasmiy Vashingtonning sanksiyalari tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, Eron COVID-19 koronavirusni yengish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Ta’kidlanishicha, Eronda kundan kunga bemorlar soni kamayib bormoqda. Shuningdek, bugun, 20 apreldan bir qancha muassasalarning faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan bog‘liq 83 505 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 59 273 nafari sog‘aygan, 5 209 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 19 023 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi