Eronda karantin kuchaytirilmoqda

Olam

image

Eronda ertaga, 5 iyuldan boshlab niqob taqish majburiy etib belgilanmoqda. Ushbu tartib ochiq maydonlar va jamoat joylarida amal qilib, ikki hafta davom etadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Hasan Ruhoniy Koronavirus bilan kurash bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, barcha muassasalar, ayniqsa, davlat tashkilotlari xodimlar tibbiy qoidalarga rioya qilib, niqob taqqan holda fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi. Davlat rahbari bu haqda gapirarkan, niqobsiz kishilardan tartibga rioya qilishlari so‘ralishini aytdi. 

Agar muassasalar xodimlari ishga niqobsiz kelsalar, shu kuni ishga kelmagan deb hisoblanadilar. Ruhoniyning ta’kidlashicha, idoralardan, banklardan va jamoat transportidan faqat tibbiy qoidalarga rioya qilish va niqob taqish orqali foydalanish mumkin. 

Prezident niqob taqish madaniyatini xalq orasida ommalashtirish kerakligini aytdi. 

COVID-19 ga qarshi kurash bilan bog‘liq karantin cheklovlari viloyatlardagi Koronavirus markazlari tomonidan qabul qilinishi va ijroga yo‘naltirilishini ta’kidlagan Ruhoniy, agar kerak bo‘lsa, mahalliy rasmiylar xavfsizlik kuchlaridan ham yordam olishi mumkinligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, cheklovlarning hech biri doimiy emas va ular mintaqalardagi o‘sish sur’atlariga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, Eron dunyo miqyosida koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar ro‘yxatida ikkinchi o‘nlikning 1-pog‘onasida bormoqda. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 235 429 ta holat qayd etilgan. Bemorlarning 196 446 nafari yoki 83,4 foizi sog‘aygan. Jami bemorlarning 11 260 nafari yoki 4,7 foizi vafot etgan. Ayni vaqtda Eronda 27 723 bemorning davolanishi davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Eronda

Baholaganlar

80

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing