Eronda koronavirusga chalingan soni 100 mingdan oshdi
Olam
−
06 may 2020
5132Eronda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari 100 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Kianush Jahonpur ma’lum qildi.
“Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 100 mingdan oshib, 101 650 nafarga yetdi. O‘tgan kun davomida mamlakat bo‘ylab 1680 ta koronavirus infeksiyasi holati qayd etildi” dedi Jahonpur.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi bemorlardan jami 81 587 nafari sog‘ayib ketgan. Shu bilan birga, oxirgi 24 soat ichida koronavirus bilan kasallangan 78 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashuv tomon ketayotgani, kasallanishning cho‘qqisi zabt etilgani, ammo pandemiya hali tugamasligini ma’lum qildi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya cho‘qqii mart oyining ikkinchi yarmi - aprel oyining boshlarida ro‘y berdi: 30 martda 3186 ta kasallanish, 4 aprel kuni 158 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Eronda vaziyat yaxshilanishi bilan rasmiylar biznes faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator cheklovlarni olib tashlashdi va virus tarqalishining kichik va o‘rta xavflarini o‘z zimmalariga oldi. Cheklovlarni yanada olib tashlashni rejalashtirish uchun mamlakat COVID-19 holatiga qarab bir qator zonalarga bo‘lindi: oq, sariq va qizil. Shu bilan birga, koronavirus bilan og‘rigan bemorlar uchun o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish, shuningdek jamoat transportida va samolyotlarda niqob kiyish majburiyligicha qoldirildi.
LiveBarchasi