Eronda masjidlar ochilishiga ruxsat berildi

Olam

image
Undan qo‘rqmang! – Eron Prezidenti north_east

Undan qo‘rqmang! – Eron Prezidenti

2020 yil 4 may kunidan boshlab Eronning bir qator hududlarida masjidlar ochilishi rejalashtirilgan. Bu haqda bugun, 3 may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi.

Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus xavfi minimal deb tan olingan mamlakatning 132 mintaqasida masjidlar ochiladi. Rasmiylar inson hayoti islomda muhimligini aytib, masjidlar ochilsada hozircha namozxonlarga uyda ibodatni davom ettirishlarini maslahat berishdi.

Hukumat vaziyat yaxshilanishi bilan qator cheklovlarni asta-sekin yumshatish choralarini ishlab chiqmoqda. Xususan, shu hafta boshida Ruhoniy cheklov choralarini yumshatilishi boshlanadigan mamlakatning “oq zonalari“ ro‘yxatini tez kunda e’lon qilishini bildirib o‘tgan.

Eron yetakchisining ma’lum qilishicha, “Oq zonalar“ deganda mamlakatdagi eng kam miqdordagi COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan ma’muriy hududlarni nazarda tutiladi. Ro‘yxat tibbiy va jamoat qo‘mitalari, shuningdek, xavfsizlik idoralari rahbarlari taqdim etgan hisobotlar asosida tuziladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan bog‘liq 96 448 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 77 350 nafari sog‘aygan, 6 156 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 12 942 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Hasan Ruhoniy Eron

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing