O‘n yil qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik sobiq mansabdor Turkiyada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
24 Oktabr
40185O‘zbekistonda 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan Xaticha Musoyevna Jafarova Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1951 yilda tug‘ilgan ushbu ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Turkiyada qo‘lga olingan. U 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan. Ushbu sobiq mansabdor jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2014 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida u O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Konsulxona xabarida ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2022 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Dilafruz Madiyeva Turkiyada qo‘lga olingandi. 48 yoshli Madiyeva ham O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr