Umurzoqov “hayfsan” bergan Sho‘rchining sobiq hokimi sudlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Xudoyberganovga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud mabuot kotibi ma’lum qildi.

Shu yilning 4 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudi sudlanuvchi Baxtiyor Xudoyberganovga nisbatan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlari, 184-1-moddasi (byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) 2-qismi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Xudoyberganov 1976 yilning 19 martida Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Muzrabot tumani hamda Termiz shahar hokimliklari moliya bo‘limi mudiri, 2017 yildan viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. U 2019 yil 20 sentyabr kunidan 2022 yil 25 yanvar kuniga qadar Sho‘rchi tuman hokimi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Xudoyberganovga 2022 yil noyabr oyida “hayfsan” berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sho'rchi Baxtiyor Xudoyberganov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing