Surxondaryoda soliqchi pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani davlat soliq inspeksiyasining soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Soliq inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 19 mln 400 ming so‘mlik soliq qarzdorligini so‘ndirib berish evaziga 8 mln so‘m talab qilgan.

Tezkor tadbirda, dastlab 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu fuqarodan 6 mln so‘mni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida soliq inspektorining noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.

Hozirda soliq inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan, uning jinoiy sherigi bo‘lgan fuqaroga esa Jinoyat Kodeksining 28,168-moddasi (Firibgarlik)  3-qismi “v” bandi va 212-moddasi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida Qo‘riqlash boshqarmasining Jizzax shahar bo‘limi nazoratchisi va soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan xodim pora bilan ushlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo pora Sho'rchi soliq inspektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing