“Eringni ham, seni ham sixlab ketamiz”. Surxondaryoda sotuvchi pichoqlab o‘ldirildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi bozorda faoliyat yuritgan erkakni 5 kishi pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda va jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytilishicha, holat joriy yilning 16 iyul kuni sodir bo‘lgan. Marhumning ayoli bu qotillikni bozorda o‘zlari bilan deyarli bir joyda faoliyat yurituvchi oshxona egalari amalga oshirganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yemakxona egalari avvaldan “eringni ham, seni ham sixlab ketamiz”, deya qo‘rqitib kelgan. O‘sha kuni esa oshxona egalaridan biri marhumga pichoq va kabob sixlari bilan hujum qilgan. Turmush o‘rtog‘iga yordam bermoqchi bo‘lgan ayolga ham qo‘shni oshxona egalarining oila a’zolari tan jarohati yetkazgan. Ayol 4 farzandi bilan beva qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Namangan shahrida spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan erkak oila a’zolariga pichoq bilan tashlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pichoq Sho'rchi qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing