Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kiryapti

Jamiyat

image

1 noyabrdan Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi. Bu haqda Madaniyat va Turizm vazirligi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq fuqarolarga Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur qaror bilan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2023 yil 1 noyabrdan boshlab amalga kiritiladi.

Endilikda Umra tadbirlarini turoperatorlar tomonidan amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining "Dinshunoslik", "Islomshunoslik", "Islom tarixi va manbashunosligi", "Ziyorat turizmi" va "Islom huquqi" ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasi uchun ochilgan quyida keltirilgan bank rekvizitiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda olishi zarur.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 noyabridan e’tiboran kuchga kiruvchi yangi norma talablariga javob bermagan turoperatorlarga Umra tadbirlarini tashkil etish huquqi berilmaydi.

"Yurtdoshlarimizdan "Umra" tadbirlarida ishtirok etish uchun yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqqan holda unga muvofiq keluvchi turoperatorlar bilan hamkorlikda ishlashni tavsiya etamiz va fuqarolarimizdan turistik firmalarga "Umra" ziyorati uchun oldindan to‘lovlarni amalga oshirmaslikni so‘rab qolamiz", deyiladi bu haqdagi xabarda. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 noyabridan e’tiboran kuchga kiruvchi yangi norma talablariga javob bera olmaydigan turoperatorlarga "Umra" tadbirini tashkil etish huquqi berilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Umra turoperator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing