Umra safariga ketayotgan chog‘ida sog‘ligi yomonlashgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2023 9232 1 daqiqa
Ikki nafar o‘zbekistonlik keksa yoshdagi fuqaro Umra safariga ketayotgan chog‘ida "Sharja" xalqaro aeroportining tranzit yo‘lovchilar hududida sog‘ligi yomonlashib qolib, Sharja amirligining "Al Qosimiya" shifoxonasiga shoshilinch tarzda olib borildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklar joriy yil 26 sentyabr kuni Umra safarini bajarish uchun "Namangan–Sharja–Madina–Sharja–Namangan" yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnoviga chipta olgan.
O‘zbekistonning Dubay shahridagi bosh konsulligi xodimlari qiyin ahvolda qolgan keksa yoshdagi hamyurtlarga konsullik-huquqiy yordam berish va ularni vatanga qaytarish maqsadida "Al Qosimiya" shifoxonasi mas’ullari hamda Sharja xalqaro aeroportining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari mas’ul xodimlari bilan muzokara o‘tkazgan.
"Buning natijasida, mamlakat fuqarolariga shifoxonaga to‘lanishi lozim bo‘lgan 4400 AQSH dollaridan voz kechish va Sharja–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bepul aviachipta bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu tariqa ular vatanga qaytarildi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirayotgani haqida yozgandik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr