Umraga yuborish uchun 1500 dollar talab qilgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
23 iyul 4230 1 daqiqa
Buxoroda fuqaroni Umra safariga yuborishni va’da qilib, undan 1500 dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatning Buxoro shahridagi filialida operator bo‘lib ishlagan, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Umra ziyoratiga borishni rejalashtirgan shaxslarning ishonchiga kirib, noqonuniy daromad olishni maqsad qilgan.
U tegishli vakolatga ega bo‘lmagan holda Buxoro shahrida yashovchi ayolga yetti kunlik Umra safarini tashkil qilib berishini aytgan va buning evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi o‘zi ishlaydigan ofis binosida oldindan maxsus ishlov berilgan 1500 AQSH dollari hamda 850 ming so‘m pul mablag‘larini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, undan katta miqdorda pul olgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust