Farg‘onada Umraga jo‘natish uchun aka-singildan 1100 dollar olgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 aprel 3417 1 daqiqa
Farg‘ona shahrida Umra safariga jo‘natishga vakolati bo‘lmagan shaxs aka-singildan 1100 dollar olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 aprel kuni Farg‘ona shahar Tezkor qidiruv xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida gumonlanuvchi Umra safariga jo‘natishga vakolati bo‘lmagan holda fuqaro va uning singlisidan Umra safariga jo‘natishini aytib, jami 1100 dollar pullarni Marg‘ilon shahrining “Zuhra” MFY hududida olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlanib, undan tadbir uchun ajratilgan jami 1100 dollar miqdoridagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil tarzida olingan.
Bildirilishicha, hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-modda (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra ziyoratiga yuborish uchun tegishli litsenziya va ruxsatnomasi mavjud bo‘lmasdan turib, odamlarni chuv tushirayotgan turoperatorlar aniqlangandi. Ziyoratchilarga eng katta miqdorda, ya’ni 25 mlrd so‘mlik zararni “Panorama Airways” va “Gulbakhor Airways” firmalari yetkazgan bo‘lib, aldanib qolgan jabrlanuvchilar soni 2558 nafarni tashkil etgan.
Live
Barchasi