Firibgarlik bilan fuqarolardan pul undirgan “Umrachi”lar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent hamda Farg‘ona shaharlarida Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan firibgarlik yo‘li bilan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan shaxs tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, o‘zini Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan turfirmaning go‘yoki vakili sifatida tanishtirib, 3 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra safariga yuborish va muqaddas amallarni to‘liq bajarishlarini ta’minlab berish evaziga jami 3 450 AQSH dollari talab qilgan. 

DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3 400 dollar va 600 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, Farg‘ona shahrida kuzatilgan holatda esa 1998 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining tanishlari orqali 4 nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, jami 4 200 AQSH dollari talab qilgani ma’lum bo‘lgan. 

Biroq u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan. 

Bildirilishicha, hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida hokim yordamchisidan pul olgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi sobiq boshlig‘i qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing