Ulug‘murodov ishi Oliy sudda ko‘rib chiqiladi
3-sahifa
−
19 iyul 2023
10129Telegramʼdagi 10 kishilik guruhga taqiqlangan nashid yuborgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Jahongir Ulug‘murodov ishi bo‘yicha Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida ariza berildi. Bu haqda uning advokati Abdumalik Abdullayev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Shu yilning 17 iyul kuni Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgandi.
Advokat Abdullayev videomurojaatida aytishicha, u Ulug‘murodovning ota-onasi bilan birga bugun, 19 iyul kuni Oliy sudga borib kassatsiya arizasini kiritgan.
Avvalroq Oliy sud xabarida o‘zgarishsiz qoldirilgan ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ulug‘murodovga Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudining 2023 yil 8 maydagi hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llab, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi